Oʻzini osgan Yangi-Angren IESdagi portlagan sexning rahbari haqida Bosh prokuratura maʼlumot berdi

“Yangi Angren” IESda sex rahbari boʻlib ishlovchi xodim oʻzini osdi. Bu haqda Bosh prokuratura Axborot xizmati rahbari “Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, 2021-yil 23-yanvar kuni soat tahminan 12:50 larda, 1981-yilda tugʻilgan fuqaro Sh.S oʻzi yashagan Angren shahar, Nurobod qoʻrgʻoni, 24-xonadonning somonxonasi shifti ustuniga arqon bilan oʻzini boʻyin qismidan osib, oʻz joniga qasd qilib, vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan hodisa sodir boʻlgan joy va murda koʻzdan kechirilib, S.Sh.ning murdasiga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan boʻlib, ekspertning dastlabki maʼlumotnomasiga koʻra S.Sh.ning oʻlimiga boʻyin aʼzolarining sirtmoq bilan siqilishi oqibatida kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab boʻlganligi koʻrsatilgan.
Hozirda shahar prokuraturasi tomonidan S.Sh.ning vafot etganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kun fotosi: Hokim fuqarolarning xonadonini oqlab berdi
- Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
- Toshqulov rektorlar nobud boʻlgan 5 nafar talabaning janozasida qatnashib marhumlarning ota-onalariga moddiy yordam berilganini maʼlum qildi
- Kun fotosi: Buxoroda 1000 ta “konteyner uy” imtiyozli kredit asosida muhtoj oilalarga tarqatiladi
- Gʻaniyev taqdimot vaqtida qiyinchilikka duch keldi, Prezident uning rejalaridan qoniqmadi
- Kun fotosi: Buxoro viloyati hokimi ham konteynerga koʻchib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring