Yana bir tuman hokimi oʻzbek-xitoy vaksinasi bilan emlandi

17:29 01 Iyul 2021 Jamiyat
475 0

Bugun Yangihayot tumani hokimi va hokimlik vakillari koronavirusga qarshi Xitoy-Oʻzbekiston hamkorligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini oldi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Hokimlik tomonidan eʼlon qilingan fotosuratlarda hokim Hayot Inogʻomov ham vaksina qabul qilayotgani aks etgan.

«Qadrli tumanimiz ahli!

Siz ham Covid-19 infeksiyasiga qarshi vaksina qabul qiling! Bu siz va yaqinlaringizning sogʻligʻi uchun muhim», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?