Yana 1 mln doza xitoy-oʻzbek vaksinasi olib kelindi

16:32 06 Avgust 2021 Jamiyat
358 0

Juma, 6-avgust kuni Oʻzbekistonga yana 1 mln doza xitoy-oʻzbek ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Oʻzbekistonning vaksina zaxirasi 14 mln 580 ming 60 dozaga yetmoqda. Ulardan 10,5 mlni — ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi, 710 mingtasi — AstraZeneca (Covieshield, COVAX dasturi asosida bepul yetkazib berilgan), 370 mingtasi — Rossiyaning “Sputnik V” va 3 mln 60 dozasi Moderna vaksinasi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?