Yakkasaroyda “Neksiya” avtomobili avtobus bilan toʻqnashib ketishi oqibatida bir kishi hayotdan koʻz yumdi

2021-yil 27-may kuni soat 14:55 larda Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasida ikkita transport vositasi ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1968-yilda tugʻilgan Zokirjon P. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli (davlat raqami 01 V 440 LA) avtomobil va 1973-yilda tugʻilgan Xamidulla F. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli (davlat raqami 10 388 MVA) avtobus bilan toʻqnashib ketgan.
YTH sabablari aniqlanmoqda.
YTH natijasida yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida vafot etgan.
Mazur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi alomatlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring