Yakkabogʻlik tadbirkor ikkinchi marta Prezident sovgʻasi — “Spark” avtomobiliga sazovor boʻldi

15:11 31 Avgust 2021 Iqtisodiyot
1093 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ayollar daftari”ni yuritish, xotin-qizlarning muammo va murojaatlarini hal etish, yangi ish oʻrinlari yaratish jarayonida faol ishtirok etgan mutasaddilar, tadbirkorlar va soha vakillarini munosib ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasi tomonidan eʼlon qilingan “Eng yaxshi sektor rahbari”, “Eng yaxshi mahalla raisi”, “Kasaba uyushmalari Federatsiyasi laureati” hamda “Eng namunali ayol ish beruvchi” tanlovlari gʻoliblari aniqlandi.

Tanlovda yakkabogʻlik tadbirkor, «Setora imkon plyus» nodavlat taʼlim muassasasi rahbari Nargiza Salomova “Eng namunali ayol ish beruvchi” deb eʼtirof etildi va Prezident sovgʻasi – “Spark” avtomobilini qoʻlga kiritdi.

Nargiza Salomova “Tashabbus-2019” koʻrik-tanlovida ham gʻolib chiqib, Prezident sovgʻasi - “Spark” avtomobili sohibi boʻlgan edi.

Faxriddin Bozorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?