Yakkabogʻlik ayol oʻzining besh kunlik chaqalogʻini 5 ming dollarga sotayotgan vaqtida ushlandi

22:36 13 Oktyabr 2021 Jamiyat
367 0

Guliston shahar hududida oʻtkazilgan tadbir davomida Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida yashovchi B.S oʻzining 2021-yil 8-oktabr kuni tugʻilgan farzandini 5 ming dollarga sotayotgan vaqtda ushlandi. Undan kimyoviy ishlov berilgan pullar daliliy ashyo sifatida olingan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar qildi.

Shundan soʻng, B.S.ning voyaga yetmagan farzandi Sirdaryo viloyatidagi bolalar uyiga topshirildi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?