Yakkabogʻdagi МСНJ uyushmalari oʻrtasidagi janjal yuzasidan munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida “Bir kishi oʻlsa bu ish joylashadi” nomli video tarqaldi. Ushbu voqea yuzasidan Yakkabogʻ tuman IIB rasmiy munosabat bildirdi.
Yakkabogʻ tumani IIBga 2022-yilning 20-yanvar kuni 102 ishonch telefoni orqali tushgan murojaatda tumanning “Jambul” MFYda joylashgan Qarshi shahriga qatnovchi avtomashinalar avtoturargohi yaqinida xotin-qizlar oʻrtasida oʻzaro janjal boʻlayotganligi haqidagi xabar kelib tushgan. Ushbu murojaat Yakkabogʻ tumani IIB Navbatchilik qismida roʻyxatga olinib, Yakkabogʻ tumani IIB tezkor tergov guruhi voqea joyiga chiqib, holatni oʻrgangan.
Surishtiruvlar davomida “Yakkabogʻ shahri-Yakkabogʻ tumani” va «Yakkabogʻ tumani- Qoramurcha qishlogʻi» yoʻnalishi Qashqadaryo viloyati Transport boshqarmasi tomonidan tenderga qoʻyilgan. Tenderda tumanni “Nurafshon” MFYda yashovchi fuqaro N.S.ga tegishli “Ruxshona Hamkor 777” MCHJ gʻolib boʻlgan.
Natijada “Yakkabogʻ tumani - Yakkabogʻ shahri” va Yakkabogʻ tumani - Qoramurcha qishlogʻi» yoʻnalishini muqaddam nazorat qilib kelgan tumanni “Nurli yoʻl” MFYda yashovchi E.N.ga tegishli “Duyul Tarovati - 2007” va “Ruxshona Hamkor 777” MCHJ xodimlari oʻrtasida kelishmovchilik kelib chiqib, janjal boʻlgan.
Holat yuzasidan hozirgi kunda Yakkabogʻ tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Mazkur holat yuzasidan tekshiruv yakuni boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
Avvalroq, Navoiy viloyatida YPX xodimi va fuqaro oʻrtasida tortishuv boʻlgandi. Shuningdek, Surxondaryoda kundoshini samosud qilgan ikki opa-singilga sud hukmi oʻqilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ulugʻ olimning insoniy fazilatlari
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- Namangan maftunkor bayramga tayyorlanmoqda
- Inson — aziz, xotira — muqaddas
- Suv xoʻjaligining quyi boʻgʻinlari takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonning limon eksporti kamaygan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring