Yakkabogʻdagi maktabda bolalar polga oʻtirib dars oʻtishiga qarindosh oʻqituvchilar va direktor oʻrtasidagi kelishmovchilik sabab boʻlgan — vazir

11:21 11 Sentyabr 2021 Jamiyat
939 0

Xalq taʼlimi vaziri ijtimoiy tarmoqlarda Yakkabogʻ tumanidagi maktabda bolalar polda oʻqiyapti, Sherzod Shermatov biz tomonga bir boqib qoʻying deb yozilgan xabarga munosabat bildirdi.

"Kimdir jismonan imkoniyati cheklangan boʻlsada davlatimiz obroʻsini dunyoga koʻtaryapti, kimdir toʻrt muchasi sogʻ boʻlib, oʻzaro shaxsiy kelishmovchiligi sababli mamlakatimiz obroʻsini toʻkishga harakat qilyapti...

Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkabogʻ tumanidagi maktabda bolalar polda oʻqiyapti, Sherzod Shermatov biz tomonga bir boqib qoʻying deb yozilgan xabarga koʻzim tushib qoldi. Eng alam qiladigani, ushbu maktabga oʻtgan yili oʻzim borib, xarob ahvolda boʻlganiga taʼmirlash dasturiga qoʻshtirgandik. Natijada, 3 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ ajratilib, maktab bu yil taʼmirlanayotgan edi.

Afsuski, dastlabki surishtiruvga koʻra, maktabning ayrim oʻzaro qarindosh boʻlgan oʻqituvchilari va direktor orasidagi kelishmovchiliklar sababli, bolalarni polga oʻtkazib, rasmini turli ijtimoiy tarmoqlarda va OAVlarda tarqatishmoqda. Aslida, katta miqdordagi taʼmirlash ishi oxirigacha toʻliq tugab ulgurmaganiga, maktab ochilmasligi, bolalar vaqtincha boshqa maktabda yoki masofadan oʻqib turishi rejalashtirilishi kerak edi. Shuning uchun ham maktabda yangi mebellar vaqtincha oʻrnatilmagan. Agar juda shoshilinch boʻlib taʼmirdan chiqqan joyida oʻqishni tashkil etish juda zarur boʻlsa oʻtgan yilgi mebelni vaqtincha ishlatib tursa ham boʻlar edi. Maktabda oʻquvchi soni quvvatidan oshiq emas, shunga bir smenada oʻqishni tashkil etish uchun joy yetarli.

Shu orqali yarim asr davomida taʼmirlanmagan maktab taʼmirlanayotganiga Yakkabogʻdan oʻziga xos minnatdorchilik bildirishibdi...

Endi buyogʻiga prokuratura organlari holatni toʻliq oʻrganib, tegishli javobgarlik choralarini koʻrishadi deb umid qilamiz".

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?