Yaxshiyamki qish bor. Buzilishlar toʻxtadi. Biroq oldinda bahor yana buzilish – Kusherboyev «snos»lar haqida

13:09 01 Dekabr 2020 Jamiyat
627 0

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmaga 2021-yil uchun 150 mlrd. soʻm miqdorida mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilmoqda deb yozmoqda deputat Rasul Kusherboyev.

Bu oʻtgan yillarda ayrim respublikadan biriktirilgan vakillarni qistovi bilan hokimliklar bosh-ketiga qaramay fuqaro va tadbirkorlarning bino, inshoot va turar joylarini buzib yetkazilgan zararlar 2021-yilda ham toʻliq qoplanmay qolishi mumkinligini koʻrsatmoqda.

Katta ehtimol bilan ushbu mablagʻ yetmaydi.

"Hurmatli vakil va hokimlarning “kompensatsiyani olasan, mana men kafil, siyosatga qarshi chiqma” degan vaʼdaga ishonib harakat qilish joysiz, ishsiz qolishning muqarrarligini anglatuvchi tushunchaga aylanib bormoqda.

Yaxshiyamki qish bor. Buzilishlar toʻxtadi. Biroq oldinda bahor yana buzilish…

Oʻzi qasr uyda yashab, kambagʻalni boshpanasini oʻzboshimcha, deb buzadiganlar bor boʻlsin!" deb yozadi deputat.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?