“Yagona davlat nazorati” tizimida roʻyxatga olinmagan tadbirkorlik faoliyatini tekshirishlar noqonuniy hisoblanadi

15:57 15 Sentyabr 2022 Jamiyat
567 0

Foto: Arxiv surat

“Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–374-son, 13.09.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, nazorat qiluvchi organlar tomonidan 2022-yil 1-noyabrdan:

— tadbirkorlarni tekshirishlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olinadi (roʻyxatga olinmagan tekshiruvlarni oʻtkazish noqonuniy hisoblanadi);

— tekshiruvlarning natijalari hamda profilaktika tadbirlari toʻgʻrisida maʼlumot tadbirlar tugagan kundan 3 kunda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritiladi.

“Xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan oʻtkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida tadbirkorlar kamida 10 ish kuni oldin xabardor qilinadi.

Tadbirkorlarning ilgari tekshirilgan faoliyat davridagi predmeti va obyekti boʻyicha qayta tekshiruv oʻtkazish va avval taqdim etilgan hujjatlarni talab qilish mumkin emas.

Tadbirkorlar nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslarini quyidagi hollarda tekshiruv oʻtkazish uchun oʻz hududiga qoʻymaslik huquqiga ega:

— tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq rasmiylashtirilmaganda;

— tekshiruv Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilmaganda yoki u xabardor etilmaganda;

— tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma mavjud boʻlmaganida;

— ular Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobiga maʼlumotlarni kiritishdan bosh tortganida.

2023-yil 1-yanvardan nazorat qiluvchi organlarga “Yagona davlat nazorati” axborot tizimidagi davlat nazorati funksiyalari reyestriga kiritilmagan funksiyalar boʻyicha tadbirkorlar faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazish taqiqlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?