XVIII Osiyo o‘yinlari ochilish marosimida O‘zbekiston bayrog‘ini kim maydonga olib chiqishi ma’lum bo‘ldi

18:57 16 Iyul 2018 Sport
2594 0
Foto: fitrat.uz

18 avgust kuni Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida qit’ada to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi – Osiyo o‘yinlari boshlanadi.

Bugungi kungacha ushbu musobaqaning ochilish marosimida qaysi sportchimiz bayroqdor vazifasini bajarishi masalasi ochiq turgan edi.

MOQ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu sharafli vazifa boks bo‘yicha Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari sovrindori, ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olibi Isroil Madrimovga topshirildi.

Isroil Madrimov avvalgi Osiyo o‘yinlarida finalgacha yetib borgan va musobaqaning kumush medalini qo‘lga kiritgandi. Biz bu safar Isroildan oltin medal kutib qolamiz.

Ma’lumot uchun, 2014 yili Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo‘lib o‘tgan XVII Osiyo o‘yinlarida ushbu vazifa jahonga mashhur dzyudochimiz Rishod Sobirovga ishonib topshirilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?