Wizz Air aviakompaniyasi Abu-Dabi — Toshkent reyslarini yoʻlga qoʻyadi

Foto: Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi
Vengriyaning Wizz Air aviakompaniyasi 2023-yil 25-yanvardan Abu-Dabi — Toshkent aviareyslarini yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, parvozlar Airbus A320/A321 samolyotlarida haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Wizz Air Abu Dhabi aviakompaniyasi tomonidan chipta narxi 149 dirhamdan boshlanuvchi Abu-Dabi — Samarqand reysi ham yoʻlga qoʻyilayotgani xabar berilgan edi.
Maʼlumot oʻrnida, Wizz Air — Vengriyaning arzon aviakompaniyasi boʻlib, shtab-kvartirasi Vengriya poytaxti, Budapeshtda joylashgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring