Voleybolchilarimiz ilk bor jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi

09:37 29 Iyul 2023 Sport
321 0

Toshkent mezbonlik qilayotgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatidan xushxabar. Oʻzbekiston terma jamoasi yarim finalda Pokistonni magʻlub etib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Qiziqarli bahs hamyurtlarimizning 3:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Qayd etish joiz, ushbu gʻalaba final bilan bir qatorda voleybolchilarimizga kelasi yil boʻlib oʻtadigan jahon chempionati yoʻllanmasini ham taqdim etdi. Shu paytgacha hech bir yosh toifasidagi jamoamiz qitʼa birinchiligi finali va mundialga yoʻl olmagan edi.

Endi jamoamiz ertaga Eronga qarshi chempionlik uchun maydonga tushadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер