Voleybol: Zominda qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi boʻlib oʻtmoqda

20:05 14 Iyun 2021 Sport
469 0

Jizzax viloyati Zomin tumanida voleybol boʻyicha 2007-2008-yillarda tugʻilgan qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi bahslariga start berildi.

Zominda tashkil etilgan musobaqaga Toshkent shahri hamda Navoiy viloyatidan tashqari mamlakatimizning barcha hududlaridan jamoalar yetib kelishdi.

Qurʼa natijasida jamoalar 4 ta guruhga taqsimlanishdi:

“A” guruhi:

Namangan viloyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo viloyati,

“B” guruhi:

Andijon viloyati, Jizzax viloyati, Buxoro viloyati,

“S” guruhi:

Fargʻona viloyati, Sirdaryo viloyati, Surxondaryo viloyati,

“D” guruhi:

Samarqand viloyati, Xorazm viloyati, Toshkent viloyati.

Musobaqa 18-iyunga qadar davom etadi.

Qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi doirasida yoshlarimiz uchun milliy terma jamoa aʼzolari ishtirokida master-klass ham oʻtkazildi. Unda tajribali sportchilarimiz oʻz bilim va koʻnikmalarini yoshlar bilan oʻrtoqlashdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?