Voleybol: Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

09:23 28 Iyul 2023 Sport
379 0

Voleybol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Toshkentda oʻtayotgan Osiyo chempionatida yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Hamyurtlarimiz pley-offdagi ikkinchi uchrashuvda eronlik tengqurlariga qarshi bahs olib borishdi.

Murosasiz bellashuv Eron jamoasining 3:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.

Voleybolchilarimiz guruh bosqichini 1-oʻrinda yakunlashgani, parallel bahsda yarim finalga yana bir daʼvogar Yaponiya Qozogʻistonga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergani va boshqa qoʻshimcha koʻrsatkichlar evaziga yarim final yoʻllanmasiga sazovor boʻlishdi.

Endi jamoamiz bugun final va jahon chempionati chiptasi uchun Pokistonga qarshi maydonga chiqadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?