Vodiy viloyatlarida isteʼmolga yaroqsiz alkogol va aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi fosh etildi

15:01 10 Sentyabr 2024 Jamiyat
356 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Andijon va Fargʻona viloyatlarida isteʼmolga yaroqsiz alkogol va aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi savdo doʻkonlarni fosh etdi. Bu haqda Departamentning xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ulugʻnor va Marhamat tumani boʻlimlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda bir qator noqonuniy holatlar aniqlangan.

Qayd etilishicha, “A.G.” hamda “M.O.” MCHJlarga tegishli spirtli ichimliklar savdo doʻkonlarida tegishli hujjatlari boʻlmagan umumiy bahosi 85,3 million soʻmlik turli nomdagi 1 121 dona isteʼmolga yaroqsiz alkogol va 3 ming 152 quti tamaki mahsulotlari savdoga qoʻyilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Bundan tashqari, Departamentning Margʻilon shahar boʻlimi IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “M.S.” MCHJga qarashli savdo doʻkonida tegishli hujjatlari boʻlmagan hamda qalbaki aksiz markali jami 263 dona alkogol mahsulotlari savdoga qoʻyilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil hujjatlashtirilgan.

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi 3 ta vazirlikning 398 ta xodimiga nisbatan chora koʻrgani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?