Vladimir Putin “COVID-19”ga qarshi qayta emlandi

00:26 22 Noyabr 2021 Dunyo
646 0

Foto: rg.ru

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “COVID-19”ga qarshi qayta emlandi.

Rossiya rahbari Akademik N.F.Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi direktori oʻrinbosari Denis Logunov bilan uchrashuv vaqtida shifokorlar tavsiyasiga koʻra koronavirusga qarshi mahalliy “Sputnik Light” vaksinasi bilan qayta emlanganini aytgan.

Vladimir Putin 21-noyabr kuni qayta emlandi.

“Bugun sizning va hamkasblaringizning tavsiyasi bilan men «Sputnik Light” vaksinasini qabul qildim. Bu revaksinatsiya deyiladi», degan Putin. 

Aniqlik kiritilishicha, bu yerda gap uchinchi emlash haqida ketmoqda.

“Prezident emlashdan keyin oʻzini yaxshi his qilayotganini aytgan. Menga vaksina ikki soat oldin yuborildi. Men hech narsani his qilmayapman”, degan Rossiya rahbari.

Putin joriy yilning iyun oyida Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan koronavirusga qarshi toʻliq emlangan edi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?