Vladimir Putin «COVID-19» sabab Tojikistonga kelmaydigan boʻldi

21:32 14 Sentyabr 2021 Dunyo
807 0

Foto: Rossiya рrezidenti matbuot xizmati

Rossiya prezidenti Vladimir Putin atrofida "COVID-19» holatlari aniqlangani tufayli oʻzini izolyatsiya oladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot chogʻida uning atrofida koronavirus bilan kasallanish holatlari koʻpaygani sababli oʻzini izolyatsiya qilishga majbur boʻlganini aytgan. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar tarqatdi.

«Izolyatsiya prezidentning ishiga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir qilmaydi, lekin hozircha bir muncha vaqt yuzma-yuz muloqotlardan cheklaniladi», deydi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu holatga izoh berar ekan.

Peskovning soʻzlariga koʻra, yaqinda davlat rahbari atrofida boʻlgan bir necha kishida koronavirus aniqlangan.

“Prezident atrofidagilardan bir necha kishida ”COVID-19”  holatlari aniqlanganidan soʻng koronavirus testidan oʻtdi va unda infeksiya qayd etilmadi», deydi Kreml vakili.

Peskovning soʻzlariga koʻra, Putin bu haftada boʻladigan Davlat Dumasi saylovlarida qaysi formatda ovoz berishini keyinroq hal qiladi.

Bundan tashqari, joriy hafta Putin Dushanbeda boʻladigan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (SHKHT) va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) doirasida rejalashtirilgan tadbirlarda videokonferensaloqa shaklida qatnashadi.

Ular orasida KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashi sessiyasi, shuningdek, SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining yigʻilishi va KXSHT va SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlarining qoʻshma yigʻilishi bor.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?