Vladimir Putin Aleksey Navalniy nega qamoqda ekanligiga izoh berdi

11:45 14 Oktyabr 2021 Dunyo
489 0

Foto: RBK.ru

Rossiya prezidentining aytishicha, Aleksey Navalniy siyosiy faoliyati uchun emas, balki jinoyatlari, shu jumladan Rossiyadagi xorijiy tadbirkorlarga qarshi boʻlgani uchun qamoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Siz aytgan sudlanuvchilarga kelsak, ular siyosiy faoliyat uchun emas, balki jinoyatlari, shu jumladan Rossiyada ishlayotgan chet ellik tadbirkorlarga nisbatan qilgan ishlari uchun qamoqxonada. Qolaversa, ular qonun buzganliklari uchun bir necha bor kechirilgan. Buni takror sodir etavergach qachondir jiddiy oqibatlarga olib kelishi kerak edi”, - deydi Putin.

Davlat rahbari, shuningdek, siyosiy faoliyat orqali oʻzini himoya qilish bilan birga, iqtisodiy afzalliklarga erishish uchun, jamiyatning ishonchini suisteʼmol qilmaslik kerak, degan fikrni bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?