Vladimir Norov Jazoir elchisi Nosir Busheritni qabul qildi

00:57 11 Sentyabr 2022 Siyosat
668 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov mamlakatimizda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Nosir Busheritni qabul qildi.

V.Norov Elchining Oʻzbekiston-Jazoir munosabatlarini mustahkamlashga salmoqli hissa qoʻshganini qayd etdi.

N.Busherit Oʻzbekistondagi diplomatik faoliyati mobaynida respublikada keng koʻlamli islohotlar va mamlakatning jadal taraqqiyotiga guvoh boʻlganini eʼtirof etdi.

Tomonlar Oʻzbekiston-Jazoir hamkorligining dolzarb masalalari, ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosi va turli darajadagi boʻlajak uchrashuvlar jadvalini koʻrib chiqdilar.

Ikki mamlakatning xalqaro institutlar doirasidagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishni davom ettirishga tayyorligi taʼkidlandi.

N.Busherit Oʻzbekiston tomoniga diplomatik faoliyatini amalga oshirishda har tomonlama qoʻllab-quvvatlagani va qulay shart-sharoitlar yaratgani uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?