Vladimir Norov va Kuvayt Davlati tashqi ishlar vaziri shayx Ahmad Nosir al-Muhammad as-Sabah oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi

08:16 08 Sentyabr 2022 Siyosat
265 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

2022-yil 7-sentyabr kuni Ar-Riyod shahrida “Koʻrfaz Arab davlatlari hamkorlik kengashi — Markaziy Osiyo” Strategik muloqotining birinchi yigʻilishi doirasida Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov va Kuvayt Davlati tashqi ishlar vaziri shayx Ahmad Nosir al-Muhammad as-Sabah oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari koʻrib chiqildi.

Sheriklikning shartnomaviy-huquqiy asosini mustahkamlash orqali aloqalar uzoq muddatli va tizimli xususiyat kasb etishi eʼtirof etildi.

Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston va Kuvayt oʻrtasida savdo va sarmoyaviy sohalarda oʻzaro manfaatli sheriklikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Oʻzaro munosabatlarni yanada yuqori rivojlanish darajasiga olib chiqish boʻyicha majmuaviy chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?