Vladimir Norov Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin bilan uchrashuv oʻtkazdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
2022-yil 12-iyul kuni Moskva shahrida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston-Rossiya parlamentlararo aloqalari va almashuvlarini salmoqli darajada jadallashtirib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bu ikki mamlakatning strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilayotgani eʼtirof etildi.
Ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlarining oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishdagi faol ishtirok etishi hamda parlament diplomatiyasi imkoniyatlaridan kengroq foydalanishning muhimligi qayd etildi.
Tomonlarning xalqaro parlamentlararo tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyorligi haqida taʼkidlandi.
Rossiya tomoni Oʻzbekistonda Asosiy qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, Konstitutsiyaviy islohotlarning asosiy yoʻnalishlari va oʻzgarishlar yuzasidan jamoatchilik muhokamasi jarayoni bilan tanishtirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring