Vladimir Norov Qatar Davlati Bosh vaziri oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy bilan uchrashdi

08:31 08 Sentyabr 2022 Siyosat
306 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

2022-yil 7-sentyabr kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Ar-Riyod shahrida “Koʻrfaz Arab davlatlari hamkorlik kengashi - Markaziy Osiyo” Strategik muloqotining birinchi yigʻilishi doirasida Qatar Davlati Bosh vaziri oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy bilan uchrashdi.

Ikki mamlakat oʻrtasidagi siyosiy aloqalarning yuqori surʼatlar bilan rivojlanayotgani qayd etildi. Shu bilan birga tomonlarning savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada jadallashtirishga tayyorligi maʼlum qilindi. 

Xalqaro va mintaqaviy masalalar, shu jumladan Afgʻoniston boʻyicha muloqotni davom ettirishga kelishib olindi. 

Joriy yil 15-16-sentyabr kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan Shanxay hamkorlik tashkilotining Sammitini oʻtkazish masalalari koʻrib chiqildi.

Oliy va yuqori darajadagi boʻlajak tadbirlar jadvali kelishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?