Vladimir Norov Niderlandiya Qirolligi Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi
2022-yil 1-dekabr kuni YXHT Vazirlar kengashining Polshadagi 29-yigʻilishi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Niderlandiya Qirolligi Tashqi ishlar vaziri Vopke Xukstra bilan uchrashdi.
Suhbat avvalida tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi bilan Niderlandiya Qirolligi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi (1992-yil 24-noyabr) munosabati bilan oʻzaro tabriklar almashdilar.
Niderlandiya tomoniga Oʻzbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish, inson huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi rolini oshirish va boshqalar boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli hamda jadal islohotlar boʻyicha maʼlumot berildi.
Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, Niderlandiya kapitalini Oʻzbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlariga jalb etish, qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik, farmatsevtika, IT va sunʼiy intellekt sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar tahlil qilindi.
Muzokaralarda mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Bu borada tomonlar Afgʻoniston boʻyicha muloqotni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.
Shuningdek, vazirlar parlamentlararo muloqotni mustahkamlash, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni faollashtirish masalalarini ham koʻrib chiq
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring