Vladimir Norov Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Naif al-Hajraf bilan uchrashdi

08:34 08 Sentyabr 2022 Siyosat
392 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

2022-yil 7-sentyabr kuni Ar-Riyod shahrida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Naif al-Hajraf bilan uchrashdi.

Bosh kotib Oʻzbekiston tomoniga Ar – Riyodda oʻtkazilgan “Koʻrfaz Arab davlatlari hamkorlik kengashi - Markaziy Osiyo” Strategik muloqotining birinchi vazirlar yigʻilishida qatnashgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Naif Al-Hajrafning taʼkidlashicha, Kengash Oʻzbekistonning mintaqadagi oʻrnini yuqori baholaydi va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlaydi.

Tomonlar Oʻzbekiston va Kengash oʻrtasidagi siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, taʼlim va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi “Yoʻl xaritasi” ni ishlab chiqish masalasini oʻrganishga kelishib oldilar.

Dolzarb xalqaro va mintaqaviy mavzular, jumladan, Afgʻonistondagi vaziyat muhokama qilindi. Kengash bosh kotibi Oʻzbekistonning Afgʻonistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklashdagi oʻrni va faol ishtirokini ijobiy baholadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?