Vladimir Norov Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Kim Chjin Pxyo bilan uchrashdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
“Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” 15-hamkorlik forumida ishtirok etish uchun Seul shahriga Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari rahbarlari tarkibida tashrif buyurgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov 2022-yil 24-oktyabr kuni Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Kim Chjin Pxyo bilan uchrashdi.
Janubiy Koreya parlamenti rahbari Markaziy Osiyo mintaqasi Seulning tashqi siyosat strategiyasida Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi asosiy bogʻlovchi sifatidagi ahamiyatini taʼkidladi.
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasidagi iqtisodiyot, moliya, energetika, sanoat kooperatsiyasi, axborot texnologiyalari, elektron hukumat, qishloq xoʻjaligi, taʼlim, sogʻliqni saqlash kabi ustuvor yoʻnalishlarda erishilgan alohida strategik sheriklik darajasiga yuqori baho berildi.
Koreya tomoniga Oʻzbekiston parlamentida Koreya Respublikasi bilan hamkorlikning barcha yoʻnalishlaridagi loyihalarning samarali amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Oliy Majlis Senati Raisi rahbarligida tashkil etilgan maxsus komissiya haqida maʼlumot berildi.
Janubiy Koreya parlamenti Spikeri demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, qonun ustuvorligini taʼminlash, aholi turmush darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi ahamiyatini yuqori baholadi.
Oʻzbekistonning “mamlakatni demokratlashtirish va uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanish strategiyasi asoslarini huquqiy jihatdan takomillashtirish jarayonida dolzarb ehtiyoj” boʻlgan konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish jarayonini olqishladi.
Ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlikni “xalq” diplomatiyasi va madaniy-gumanitar almashinuvlar yoʻli bilan rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Parlament Spikeri 85 yil davomida respublikamizda istiqomat qilib kelayotgan koʻp millatli birodar oʻzbek oilasining toʻlaqonli aʼzosiga aylangan koreys diasporasini qoʻllab-quvvatlayotgan Oʻzbekiston hukumatiga alohida minnatdorlik bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring