Vladimir Norov YXHT hamkorlarini Termizdagi Xalqaro transport va logistika markazidan foydalanishga taklif qildi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov YXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yigʻilishida soʻzlagan nutqida Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror rivojlanishi va xavfsizligi istiqbollari qoʻshni Afgʻonistonda tinchlikni taʼminlash bilan uzviy bogʻliqligini taʼkidladi.
“Xalqaro hamjamiyatning ustuvor vazifalari Afgʻonistondagi insoniy halokatining oldini olish, mamlakat iqtisodiyotini tiklash va mintaqaviy savdo-iqtisodiy aloqalarga integratsiya qilish, bu mamlakatda muhim infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishdan iborat boʻlishi kerak, – dedi V.Norov.
Oʻzbekiston TIV rahbari yigʻilish ishtirokchilari eʼtiborini Oʻzbekiston tomonidan Afgʻonistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash va gumanitar yordam koʻrsatish borasida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlarga qaratdi. Strategik muhim loyiha “Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” temir yoʻl loyihasini amalga oshirilishi Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash, Afgʻonistonni iqtisodiy hamkorlikka jalb etish va uni bu ikki mintaqani bogʻlaydigan koʻprikka aylantirish uchun katta imkoniyatlar ochadi.
Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Prezidentining BMT shafeligida xalqaro muzokaralar guruhini tuzish tashabbusini amalga oshirish Afgʻoniston hukumati tomonidan oʻz majburiyatlarini bosqichma-bosqich bajarish algoritmini ishlab chiqish va kelishish uchun muhim platforma yaratadi.
Vladimir Norov YXHT hamkorlarini uzoq qiyin vaziyatdagi afgʻon xalqiga gumanitar yordam koʻrsatish uchun Termiz shahridagi Xalqaro transport va logistika xatidan foydalanishga, shuningdek, Afgʻoniston iqtisodiyoti uchun mutaxassislar tayyorlash uchun Termiz shahrida Taʼlim klasterini tashkil etishni qoʻllab-quvvatlashga taklif qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Oʻzbekiston Prezidentining 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir qator muassasalarga tashrifi jarayonlaridan “Xalq soʻzi” muxbiri fotoreportaji
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- AQSH Gʻarbni Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yetkazib berishga chaqirmoqda
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Yevropada bir vaqtning oʻzida ham gripp, ham koronavirusni yuqtirgan bemorlar koʻpaymoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring