Vladimir Norov Fransiya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushezni qabul qildi

15:49 17 Iyun 2022 Siyosat
215 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

2022-yil 17-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Fransiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushezni qabul qildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston-Fransiya kun tartibining turli jihatlari muhokama qilindi.

Muloqot chogʻida koʻp tomonlama tuzilmalar, xususan, rasmiy Parijning Yevropa Ittifoqi Kengashidagi raisligini hisobga olgan holda oʻzaro hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi.

Fransiya tomoni Oʻzbekistonda davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli yangilanishlarni yuqori baholadi.

Turli daraja va shakllarda rejalashtirilgan muloqotlar jadvali boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.

Qayd etilganidek, Fransiyaning «Medef Internatsional» ishbilarmonlar doirasi assotsiatsiyasining boʻlajak tashrifi savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish hamda Oʻzbekistonda Fransiya kapitali ishtirokidagi istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalarini mazmunli muhokama qilishga xizmat qiladi.

Tomonlar 2022-yil noyabr oyida Parijdagi Arab dunyosi institutida va Luvr muzeyida “Markaziy Osiyoning ulugʻvorligi. Oʻzbekiston karvon yoʻllarida” hamda “Yaktak va chopon” nomli koʻrgazmalar oʻtkazilishi rejalashtirilayotganini inobatga olgan holda madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish borasida oʻzaro qiziqish bildirdilar.

Shuningdek, ayrim xalqaro va mintaqaviy mavzular yuzasidan fikr almashildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?