Vladimir Norov Finlyandiya Tashqi ishlar vaziri Pekka Xaavisto bilan uchrashuv oʻtkazdi

20:52 23 Sentyabr 2022 Siyosat
814 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida ishtirok etish doirasida 2022-yil 22-sentyabr kuni Finlyandiya Tashqi ishlar vaziri Pekka Xaavisto bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Tomonlar siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni jadallashtirish boʻyicha amaliy choralar koʻrishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Innovatsiyalar, taʼlim, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoati, AKT, qishloq xoʻjaligi va turizm sohalarida qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

V.Norov Oʻzbekiston Finlyandiya kompaniyalarining ilgʻor texnologiyalarini milliy iqtisodiyotga jalb etishdan manfaatdorligini bildirdi.

Muzokaralarda atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. P.Haavisto qayd etganidek, Finlyandiya Orol dengizining qurishi oqibatlarini yumshatish, mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilashda BMTning Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻp sheriklik jamgʻarmasi orqali Oʻzbekistonga faol yordam koʻrsatishda davom etishga tayyor.

Taʼlim va madaniyat sohalaridagi aloqalar ijobiy surʼatlarda oʻsayotgani qayd etildi. Joriy yil sentyabr oyida Toshkent shahrida Nordik xalqaro universitetining ochilishi Oʻzbekistonda Finlyandiya taʼlim tizimini oʻrganish va joriy etishga, kadrlar tayyorlashga yordam berishga xizmat qilishi eʼtirof etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?