Vladimir Norov Choʻllanishga qarshi kurash Konvensiyasi Ijrochi kotibi Ibrohim Tiau bilan uchrashuv oʻtkazdi

16:34 20 Sentyabr 2022 Siyosat
256 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

2022-yil 19-sentyabr kuni Nyu-York shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov va Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh kotibining oʻrinbosari, Choʻllanishga qarshi kurash Konvensiyasi Ijrochi kotibi Ibrohim Tiau oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Muzokaralar davomida iqlim oʻzgarishi, atrof-muhitni muhofaza qilish, choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ibrohim Tiau taʼkidlaganidek, soʻnggi yillarda BMTning Choʻllanishga qarshi kurash Konvensiyasi doirasida Oʻzbekiston hamkorlik sezilarli darajada oshdi. Konvensiyani amalga oshirish jarayonini koʻrib chiqish qoʻmitasining (CRIC-21) 21-yigʻilishi kelasi yil Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkazilishi oʻzaro aloqalar oʻsib borayotganining yorqin dalilidir. I.Tiau Konvensiyasi ushbu tadbirni tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston tomoniga har tomonlama yordam koʻrsatishga tayyorligini bildirdi.

BMT Bosh kotibining oʻrinbosari Oʻzbekistonning Orol dengizi qurishining salbiy oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarini, shuningdek, qurigan dengiz tubini koʻkalamzorlashtirish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?