Vladimir Norov Buyuk Britaniyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tim Torlotni qabul qildi

15:35 07 Avgust 2022 Siyosat
692 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tim Torlotni qabul qildi.

Muloqot chogʻida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, taʼlim va boshqa sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Qishloq xoʻjaligi, yengil sanoat, innovatsiyalar, energetika, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish kabi yoʻnalishlardagi aloqalarni kengaytirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.

Elchi Buyuk Britaniya hukumati mamlakatimizda soʻngi yillarda jamiyatning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni qoʻllab quvvatlashini taʼkidladi.

Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Buyuk Britaniya hukumatining tomonidan Afgʻoniston mavzusi boʻyicha Oʻzbekiston tomoni bilan ikki tomonlama maslahatlashuvlarni davom ettirishdan manfaatdorligi maʼlum qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?