Vladimir Norov BMTning aksilterror boshqarmasi boshligʻi Vladimir Voronkov bilan uchrashuv oʻtkazdi

14:18 20 Sentyabr 2022 Siyosat
399 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

2022-yil 19-sentyabr kuni Nyu-Yorkda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining oʻrinbosari, BMTning aksilterror boshqarmasi boshligʻi Vladimir Voronkov bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Suhbat davomida tomonlar soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasining BMT va uning tuzilmalari bilan hamkorligi amaliy mazmun bilan boyigani hamda sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilganini mamnuniyat bilan taʼkidladilar.

Turli sohalarda, shu jumladan BMTning Markaziy Osiyoda global terrorizmga qarshi strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Qoʻshma harakatlar rejasi va Ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha “Yoʻl xaritasi” doirasida aloqalarni yanada mustahkamlash imkoniyatlari mavjudligi taʼkidlandi.

V.Voronkov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni, respublikaning xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish borasidagi faol saʼy-harakatlarini yuqori baholadi. Oʻzbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotidagi muvaffaqiyatli raisligi va yaqinda Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan Tashkilot Sammitining salmoqli natijalar bilan yakunlangani eʼtirof etildi.

Oʻzbekistonning mintaqada va mamlakatda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashi, bagʻrikenglik, dinlararo va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, yoshlar boʻyicha samarali siyosatini amalga oshirish, mojaroli hududlardan ayollar va bolalarni qaytarish va ularni jamiyatiga integratsiyalashuvini taʼminlashdagi yutuqlari qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?