Vladimir Norov BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) Bosh direktori Tsuy Dunyu bilan uchrashuv oʻtkazdi

14:22 20 Sentyabr 2022 Siyosat
374 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

2022-yil 19-sentyabr kuni Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovning BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) Bosh direktori Tsuy Dunyu bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

V.Norov qayd etganidek, Oʻzbekiston FAOni barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun muhim global koʻp tomonlama platforma, deb biladi.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va FAO oʻrtasidagi hamkorlik misli koʻrilmagan darajada jadallashmoqda. Birgalikdagi saʼy-harakatlar natijasida FAOning Oʻzbekistondagi portfeli umumiy qiymati 65 million dollarga 59 ta milliy, mintaqaviy va global loyihani tashkil etayotir. Mamlakatimiz Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba FAOning Yevropa uchun 32-mintaqaviy konferensiyasiga muvaffaqiyatli raislik qildi. 2020-2030-yillarda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash uchun mamlakatimiz va FAO oʻrtasida imzolangan Doiraviy dasturni toʻla-toʻkis amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Tsuy Dunyuyom Samarqand shahridagi SHHT sammiti chogʻida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2023-yili Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha xalqaro konferensiyani oʻtkazish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.

FAO Bosh kotibi mamlakatimizning zamonaviy taraqqiyotini yuqori baholadi. Tashkilot oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish, qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya qilish, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirishda Oʻzbekistonga har tomonlama yordam koʻrsatishga tayyorligi bildirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?