Vladimir Norov Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik boʻyicha davlat vaziri Xalifa al-Marar bilan uchrashuv oʻtkazdi

08:23 08 Sentyabr 2022 Siyosat
275 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

2022-yil 7-sentyabr  kuni “Koʻrfaz Arab davlatlari hamkorlik kengashi - Markaziy Osiyo” Strategik muloqotining birinchi yigʻilishida ishtirok etish uchun Ar-Riyod shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik boʻyicha davlat vaziri Xalifa al-Marar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi jarayoni koʻrib chiqildi.

Boʻlajak tadbirlar, jumladan Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya yigʻilishi hamda ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi boʻyicha fikr almashildi.

Tomonlarning BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro institutlar doirasida, shuningdek, Koʻrfaz Arab davlatlari hamkorlik kengashi - Markaziy Osiyo formatida saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishni davom ettirishga tayyorligi maʼlum qilindi.

Tovar ayirboshlash koʻrsatkichlarini orttirish, sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlash, yangi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarni hayotga tatbiq muhimligi eʼtirof etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?