Vladimir Norov Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey bilan uchrashdi

09:09 15 Sentyabr 2022 Siyosat
446 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

2022-yil 14-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey bilan uchrashdi.

Tomonlar Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va amaliy saʼy-harakatlari sababli soʻnggi yillarda Oʻzbekiston-Belarus munosabatlari alohida jadallik kasb etgani taʼkidlandi. Ikki tomonlama va xalqaro institutlar doirasida faol muloqot olib borilmoqda.

V.Makey Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik doirasida Oʻzbekiston tomoni tomonidan amalga oshirilgan ishlar va oʻz miqyosida yilning asosiy siyosiy voqealaridan biriga aylanadigan SHHT sammitiga tayyorgarlik koʻrishni yuqori baholadi.

Savdo-iqtisodiyot, transport-logistika, taʼlim va madaniyat sohalarida hamkorlikni faollashtirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligini nishonlash doirasidagi va boshqa boʻlajak tadbirlar jadvali koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?