Vladimir Norov: Afgʻoniston yaqin kelajakda mintaqaviy xavfsizlikning muhim omili boʻladi

09:27 26 Iyul 2022 Siyosat
575 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Joriy yilning 26-iyul kuni poytaxtimizdagi «Tashkent City» xalqaro ishbilarmonlik markazining Kongress xolida “Afgʻoniston: xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish” mavzusidagi Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi.

Forumni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov kirish nutqi bilan ochdi.

Oʻzbekiston TIV rahbari oʻz maʼruzasida Oʻzbekiston Afgʻonistonning tinch, mustaqil va farovon davlat sifatida rivojlanishidan manfaatdor ekanligini taʼkidladi.

“Afgʻoniston zamini endi mintaqa mamlakatlari va butun xalqaro hamjamiyat uchun xavf tugʻdirmasligi kerak, dedi Vladimir Norov. Biz, shuningdek, Afgʻoniston yaqin kelajakda mintaqaviy xavfsizlikning muhim omili boʻlishi, mintaqa mamlakatlari, birinchi navbatda, qoʻshni davlatlarning milliy manfaatlariga bevosita daxldor boʻlib qolishi haqidagi aniq pozitsiyaga amal qilamiz”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?