Vladimir Norov Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri v.b. Amirxon Muttaki bilan uchrashdi

08:57 27 Iyul 2022 Siyosat
299 0

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov “Afgʻoniston: xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish” mavzusidagi Xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri v.b. Amirxon Muttaki bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Afgʻoniston delegatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afgʻoniston boʻyicha Xalqaro konferensiya oʻtkazish tashabbusi oʻz vaqtida va zarur ekanligi, boʻlajak tadbir jahon hamjamiyatiga Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha batafsil maʼlumot olish imkonini berishini taʼkidladi.

Afgʻoniston mamlakatning eng yaqin va ishonchli sherigi boʻlgan va shunday boʻlib qolajak Oʻzbekiston bilan hamkorlikni davom ettirish va kengaytirish tarafdori ekanligi alohida taʼkidlandi.

A.Muttaki Afgʻoniston hududi bundan buyon Oʻzbekiston va mintaqaning boshqa davlatlari uchun xavf tugʻdirmasligini bildirdi.

Afgʻoniston delegatsiyasi rahbari Oʻzbekiston tomoniga Afgʻonistonga Termiz shahridagi koʻp funksiyali transport-logistika xabi, shuningdek, energetika va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish orqali koʻrsatilayotgan insonparvarlik yordami uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

V.Norov afgʻon tomonini xalqaro hamjamiyatning asosiy talablarini tez fursatlarda bajarish, jumladan, keng vakillikka asoslangan hukumat tuzish, ayollar va milliy ozchiliklar huquqlariga rioya etish, qizlarning toʻlaqonli maktab taʼlimi bilan taʼminlash boʻyicha samarali choralar koʻrishga chaqirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?