Viloyat hokimi chempion toʻyi mehmoni boʻldi

12:28 01 Dekabr 2021 Jamiyat
562 0

Foto: "Xalq so'zi"

Xabaringiz bor, shu yilning 28-30-oktyabr kunlari Rossiyaning Qozon shahrida belbogʻli kurash boʻyicha 19-jahon chempionati boʻlib oʻtdi.  38 davlatdan 250 nafarga yaqin polvonlar qatnashgan musobaqada Oʻzbekiston milliy terma jamoasining 18 nafar sportchisi ishtirok etib, 4 ta oltin, 3 ta kumush hamda 10 ta bronza medalni qoʻlga kiritgan holda umumhisobda faxrli ikkinchi oʻrinni egalladi.

Gʻoliblar orasida 4 nafar fargʻonalik sportchi ham boʻlib, Yozyovon  bolalar va oʻsmirlar sport maktabi murabbiyi Manzuraoy Moʻydinova 57 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan edi.

Shu yilning 30-noyabr kuni Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Yozyovon tumaniga tashrifi davomida chempion qizning nikoh toʻyi tantanasi bilan samimiy muborakbod etdi. Chempion toʻyida mehmon boʻlgan viloyat hokimi yosh kelin-kuyovga baxt tilab, qimmatbaho sovgʻalar topshirdi.

                        Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер