Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)

Bugun Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev viloyatning chekka hududlarida yashovchi aholining holidan xabar olish, ularning tashvish va muammolarini oʻrganish maqsadida Xovos tumanidagi “Binokor” mahallasiga keldi. Jarayon bilan “Xalq soʻzi” muxbiri yaqindan tanishdi va xabar bermoqda.
Viloyat rahbari ayni vaqtda Binokor koʻchasida istiqomat qilayotgan Ermuhammad ota Abduvaliyev xonadonida boʻlib turibdi.
Ermuhammad ota 5 oʻgʻil va 1 qizini ham ibrat olsa arzigulik insonlar qilib tarbiyalagan.
Viloyat hokimi ushbu xonadondagi suhbat chogʻida mahalladagi mavjud muammolarni soʻradi va atroflicha oʻrgandi. Mahalla vakillari ichki yoʻllar, suyultirilgan gaz va elektr taʼminoti, tungi yoritish chiroqlarini oʻrnatish, qabristonni obodonlashtirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha murojaat qilishdi.
«Endi har bir tuman hokimining ming tonna gʻalla zaxirasi boʻladi. Mana shu xalq, ehtiyojmand oilalar uchun. Deylik, mahalla raisi “Mening aholimga shuncha don kerak” deydi va albatta, ehtiyojiga yarashasini oladi, zarurati borlarga beradi», dedi Gʻofurjon Mirzayev.
Viloyat hokimligi axborot xizmatining xabariga koʻra, Gʻofurjon Mirzayevning binokorliklar bilan suhbati davom etmoqda va u bugun shu xonadonda tunab qoladi.
Ahmadali SHERNAZAROV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring