Viloyat axborot – kutubxona markaziga Buxoro amirligi davri tarixiga oid adabiyotlarning elektron versiyasi sovg‘a qilindi

Foto: «Xalq so‘zi»
Buxoro shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Central Asia – 2023: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot – kutubxona resurslari” XVI Xalqaro konferensiyasi esda qolarli voqealarga boyligi bilan soha xodimlari, axborot foydalanuvchilari, tadqiqotchi –olimlar e’tiborini tortmoqda. Anjuman doirasida Rossiya Milliy kutubxonasi hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat axborot – kutubxona markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi tuzilgani ana shunday diqqatga molik ishlardan biri bo‘ldi.
Memorandumni Rossiya Milliy kutubxonasi bosh direktori Vladimir Gronskiy va Buxoro viloyat axborot – kutubxona markazi direktori Nasiba Aminova imzolashdi.
- Bu hamkorlik har ikki tomon uchun foydali bo‘ladi, - deydi N. Aminova. -O‘zaro seminarlar, onlayn muloqotlar o‘tkazish, foydalanuvchilar uchun kerakli axborotlarni almashish orqali xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish niyatidamiz. Bu mutaxassislarimiz kasb mahoratini oshirishda ham qo‘l keladi, albatta.
N. Aminovaning ta’kidlashicha bor. Rossiya Milliy kutubxonasida uzoq va yaqin o‘tmishimizga oid juda ko‘p va noyob adabiyotlar, qo‘lyozmalar, san’at asarlari, saqlanmoqda. Shu nuqtai nazardan anjuman doirasida viloyat axborot – kutubxona markaziga Rossiya Milliy kutubxonasi fondida saqlanayotgan Buxoro amirligi tarixiga oid adabiyotlarning elektron versiyasi tuhfa qilingani, ushbu adabiyotlarning taqdimoti o‘tkazilgani memorandumda ko‘zda tutilgan hamkorlikning debochasi bo‘ldi, deyish mumkin.
Istam IBROHIMOV, “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Buxoroda Kushon davriga oid devor qoldiqlari topildi
- O‘zbekistonga Erondan issiq havo massalari kirib kelmoqda
- Kitoblar — tafakkur chashmasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring