VIII WOSCU XALQARO KONGRЕSSI: olimlar O‘zbekiston islohotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun deklaratsiya qabul qildi
Samarqanddagi Kongresslar markazida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) VIII Xalqaro kongressining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Dunyoning 35 davlatidan 300 dan ortiq ishtirokchi Samarqand deklaratsiyasini qabul qilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga an’anaviy Murojaatnoma bilan chiqishdi.
Tadqiqotchilar Shavkat Mirziyoyevga joriy yil 24 avgust kuni bo‘lib o‘tgan “Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans asosi” VIII Xalqaro kongressining ochilishi munosabati bilan ishtirokchilarga yo‘llagan tabrigi uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining samimiy munosabati “Ularni yangi kashfiyotlar va yutuqlarga ilhomlantirayotgani”ni ta’kidladilar.
“Biz, hamfikrlaringiz sifatida Yangi O‘zbekistonda “Uchinchi Renessans” deb nom olayotgan barcha jabhalarda, jumladan, ta’lim, fan, madaniyat va ma’rifatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz. Yangi O‘zbekiston ilm-fan va ta’lim markazlaridan biri sifatida tobora jahon miqyosida shuhrat qozonmoqda. Yuksak ma’naviyat, ta’lim-tarbiya, shuningdek, mamlakat madaniy merosini o‘rganish va asrab-avaylash davlatning barqaror rivojlanishi va farovon kelajak barpo etishining garovidir, degan fikringizga to‘liq qo‘shilamiz”, — deyiladi murojaatda.
Mutaxassislar Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMTning yuksak minbaridan turib bildirilgan insonparvar Islom g‘oyasi keng qo‘llab-quvvatlanayotganini qayd etib, ma’naviyatni boyitish muhimligini ta’kidladi.
Murojaatda O‘zbekiston rahbarining noyob mualliflik mega-loyihasi — O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi yuksak baholandi. Ishtirokchilar madaniyat maskanlarida bo‘lib, Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom al-Buxoriy ma’naviyat markazida barpo etilayotgan mahobatli inshootlar bilan tanishdi. Kongress davomida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini sifatli mazmun bilan to‘ldirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga qaratilgan 300 dan ortiq ma’ruzalar, takliflar, intervyular, bayonotlar va taqdimotlar taqdim etildi.
Yalpi majlis doirasida ishtirokchilar WOSCU VIII Xalqaro Kongressi yakunlarini sarhisob qildi va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi mazmuni uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining qo‘shma loyihalari “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqladilar. Dolzarb vazifalar qatoriga noyob qo‘lyozmalarning faksimile nusxalarini yaratish, muzeyshunoslikdagi innovatsion ishlanmalar, yangi arxeologik va etnografik ekspeditsiyalar, hattoki sun’iy intellektni fanga joriy etish kabi masalalar ham kiradi.
Qabul qilingan Samarqand deklaratsiyasi kongressning to‘rt kunlik ishini yakunlab, tadbir ishtirokchilarining taraqqiyot va ma’rifat g‘oyalariga sodiqligini tasdiqladi. IRCICA, TURKSOY, “Al Furqan” jamg‘armasi, Arab dunyosi instituti, Xalqaro Turkiy akademiya kabi 10 ta yirik xalqaro tashkilot rahbarlari, 15 nafar akademik, 40 nafar professor va dots.nt, 103 nafar fan doktori, 54 ta muzey va kutubxonalar direktorlari, 5 nafar oliy o‘quv yurtlari rektorlari, 5 ta nashriyot uyi direktorlari 35 davlatdan 300 dan ortiq ishtirokchilar nomidan murojaatni “Al Furqan” jamg‘armasi direktori Sali Shahsivari o‘qib eshittirdi.
Kongressning yakuniy yig‘ilishida WOSCU xalqaro mukofoti — “Oltin kitob” taqdim etildi, bu yil u Saudiya Arabistoni, Qozog‘iston, Turkiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlardan kelgan 10 nafar sharqshunos olimlarga nasib etdi.
“Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Vazir oʻrinbosari xotinini aldagani uchun ishdan boʻshatildi
- Dollar kursi uzoq vaqt koʻtarilishdan soʻng pastladi
- Oʻzbekistonda pestitsidlarning xavfsiz boshqaruviga oʻtiladi
- Oʻzbekiston 70 million AQSH dollaridan ortiqqa gilos eksport qilgan
- Oʻzbekiston va Rossiya TIV rahbarlari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi
- Shavkat Mirziyoyev Hindiston moliya va korporativ ishlar vazirini qabul qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring