Vengriyada oʻzbekistonlik talabalarga ajratiladigan grant soni oshirildi

Foto: Illustrativ foto
Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
2020-yilda Oʻzbekiston va Vengriya davlatlari oʻrtasida imzolangan tegishli memorandumga koʻra, Oʻzbekiston fuqarolari uchun Vengriya oliy taʼlim muassasalarida bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichlarida oʻqish uchun yiliga jami 100 tadan taʼlim grantlari ajratib kelinmoqda edi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov hamda Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto hamraisligida Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyasining yuqori darajadagi navbatdagi yigʻilishida ushbu memorandumga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi bayonnoma imzolandi.
Unga koʻra 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab, Vengriya tomonidan har yili ajratilayotgan taʼlim grantlari soni 100 tadan 170 taga koʻpaymoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Namangan Xalqaro festival mehmonlarini 30 million tup gul va chechaklar bilan kutib oladi
- Xitoy-Markaziy Osiyo sammiti: Sian mehmonlarni kutib olishga tayyor
- 1-iyundan boshlab «20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi
- Prezident boks finalini tomosha qildi – Fotoreportaj
- Sian shahrida O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
- Oʻzbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring