Vengriya elchisi Dyula Kovach Fargʻonada boʻldi

16:03 09 Avgust 2022 Jamiyat
309 0

Foto: Xalq so‘zi

Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov va Vengriya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Dyula Kovach oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama qilindi.

Muhokama davomida Fargʻona viloyati va Vengriya oʻrtasida savdo-iqtisodiy, qishloq xoʻjaligi, sanoat, bank-moliya, farmatsevtika, taʼlim va boshqa qator yoʻnalishlarda hamkorlik qilish boʻyicha kelishib olindi.

Samimiy muloqotda Fargʻona viloyati va Vengriya hududlari oʻrtasida keng koʻlamli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida “yoʻl xaritasi” ishlab chiqish muhimligi taʼkidlandi. Fargʻona viloyati hokimligi va viloyat tadbirkorlari delegatsiyasining Vengriyaga rejalashtirilgan safar dasturini ishlab chiqish hamda uni oʻzaro manfaatli natijalar bilan amalga oshirish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, uchrashuvda Vengriya qishloq xoʻjaligi va tabiiy fanlar universiteti hamda yangi tashkil etilayotgan Qoʻqon oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish taklifi ham maʼqullandi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?