Velosportchilarimiz Shotlandiyadagi jahon chempionatida qatnashishadi

19:01 03 Avgust 2023 Sport
977 0

Иллюстратив фото

Bugundan velosport muxlislarining nigohi Shotlandiyaga qaratiladi. Boisi mamlakatning Glazgo va Edinburg shaharlari 13-avgustga qadar shosse va trek yoʻnalishlaridagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Mazkur nufuzli musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Reglamentga koʻra, 3-9-avgust kunlari trek, 5-13-avgust kunlari shosse dasturlaridagi poygalar oʻtkaziladi. Qayd etish joiz, shosse boʻyicha yakkalik vaqt hamda guruh poygasi dasturlarida gʻalaba qozongan sportchilar toʻgʻridan toʻgʻri Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritishadi. Hamyurtlarimiz mazkur dunyo birinchiligida quyidagi tarkibda qatnashadi:

Shosse, erkaklar: Murodjon Xolmurodov, Aleksey Fomovskiy, Dmitriy Bocharov.

Shosse, ayollar: Olga Zabelinskaya, Yanina Kuskova, Margarita Misyurina, Sofiya Karimova.

Trek, ayollar: Olga Zabelinskaya, Margarita Misyurina, Nafosat Koziyeva.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер