Velosport: sportchimiz jahon va Olimpiada reytingi uchun qimmatli ochkolarni oʻz hisobiga yozib qoʻydi

22:03 30 Iyul 2023 Sport
447 0

Polshada velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha “PRINCESS ANNA VASA TOUR” koʻpkunlik poygalari yakunlandi.

Uch kun davom etgan musobaqada Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi aʼzosi Olga Zabenlinskaya muvaffaqiyatli qatnashdi.

Hamyurtimiz bugun yakuniga yetgan uchinchi bosqichda ikkinchi boʻlib marra chizigʻini kesib oʻtdi. Ortda qolgan barcha bosqich yakunida esa kuchli uchlikdan joy oldi.

Ushbu natija orqali sportchimiz jahon va Olimpiada reytingi uchun qimmatli ochkolarni oʻz hisobiga yozib qoʻydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?