Vazirni, hokimni, muovinlarini ishiga qarab har chorakda qaror qabul qilaman: buni ishdan olish kerak, buni ragʻbatlantirish kerak — Shavkat Mirziyoyev

Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-noyabr kuni Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi hayotini yaxshilash masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgani, unda Prezident Qashqadaryodagi islohotlar natijalari sezilmayotgani va vazirlarning faqatgina ikki kun poytaxtda ishlashi kerakligi haqida gapirgani haqida xabar bergan edik.
Videoselektor yigʻilishi davomida davlat rahbari Qashqadaryodagi banklar faoliyatini ham tanqid qildi.
"Qashqadaryoda juda koʻp eʼtiroz bankdan, tumanni banklaridan. Endi yangi tizim Qashqadaryoda, toʻrtta bank tumanni xalqiga hisobot bersin. Pulni qanday qilib ochiqcha, biz mana shuni mana shunday foizda pul beryapmiz, odamlar bilsin, mana shu bank xalqqa xizmatkor ekanligini.
Bosh vazir har oyda Qashqadaryoni bir marta eshitadi vazirlari bilan. Surxondaryoni, Qoraqalpogʻistonni, Prezidentga doklad qiladi. Keyin men oʻsha vazir necha foiz ishlaganiga qarab, hokimni, muovinlarini ishiga qarab har chorakda qaror qabul qilaman: buni ishdan olish kerak, buni ragʻbatlantirish kerak, bunga rahmat deyish kerak, buni haydash kerak. Shunday qilib ishlamasak boʻlmaydi.
Ikkinchidan toʻrtta sektor rahbari jinoyat nima boʻldi, yoshlar nima boʻldi, xotin-qizlar nima boʻldi, “Temir daftar” nima boʻldi? Ana shunday ish qilamiz», dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring