Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Oʼzenergoinspeksiya” boshligʼiga oʼrinbosarlar tayinlandi

17:35 02 Oktyabr 2023 Jamiyat
65 0

— Behzod Boxodir oʼgʼli Sobirov — Oʼzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (“Oʼzenergoinspeksiya”) boshligʼining neft va gaz masalalari boʼyicha oʼrinbosari etib tayinlandi.

B.Sobirov ushbu tayinlovga qadar “Oʼzenergoinspeksiya”ning Toshkent shahar boshqarmasi boshligʼi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

— Xurshidjon Musajonovich Eshqoʼziyev — Oʼzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari  va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʼining elektr energetikasi masalalari boʼyicha oʼrinbosari etib tayinlandi.

X.Eshqoʼziyev ushbu tayinlovga qadar “Oʼzenergoinspeksiya”ning Nazorat tadbirlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʼi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер