Vazirlar Mahkamasida qator tayinlovlar amalga oshirildi

14:26 05 Avgust 2021 Siyosat
696 0

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra:

Sherzod Abdurasulovich Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati mudirining oʻrinbosari etib;

Sharifbek Shamsiddinovich Hasanov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati mudirining oʻrinbosari - Turizm va sportni rivojlantirish masalalari shuʼbasi mudiri etib;

Alisher Mirkamalovich Nazarmuxamedov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish masalalari shuʼbasi mudiri etib;

Shaxobiddin Sharafiddinovich Musayev Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining Ommaviy kommunikatsiyalar va axborot ochiqligini taʼminlash masalalari shuʼbasi mudiri etib tayinlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?