Vazir xizmatlar sifatini oshirish boʻyicha aholi fikrlari bilan qiziqdi
Oʻzbekistonning Yangi taraqqiyot strategiyasida bosh mezon etib belgilangan “Inson qadri uchun” tamoyili har bir fuqaroga munosib turmush sharoitini yaratishni nazarda tutadi.
Islohotlarning uzviyligi va davomiyligini taʼminlash maqsadida demokratik islohotlar yoʻlini yanada qatʼiy davom ettirish har bir davlat tashkiloti rahbarining muhim vazifasidir.
Yurtimizda barcha jabhada roʻy berayotgan oʻzgarishlar, avvalo, inson uchun yaratilayotgan qulayliklarning yorqin ifodasi boʻlishi lozim.
Ayni maqsadda Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sherzod Hidoyatov va sohaning qator mutasaddilari Navoiy shahrida boʻlib turibdi.
Mutasaddilar dastlab Navoiy shahrida faoliyat olib borayotgan “Humo-Zilola Barhayot” professional boshqaruv kompaniyasiga tashrif buyurdi.
Mazkur boshqaruv kompaniyasi jami 101 ta uy, 6 442 ta xonadonga xizmat koʻrsatadi. Kompaniya oʻzini oʻzi oqlamagan 6 ta shirkatni birlashtirgan holda 2021-yilning avgust oyida faoliyatini tashkil etgan. Bugungi kunda 14 560 nafar aholiga 40 ga yaqin xizmat turlarini taqdim qilib kelmoqda.
Vazir boshqaruv tashkiloti xodimlari bilan suhbatlashib, ularning muammolari bilan qiziqdi. Zero, ushbu faoliyatni takomillashtirish va rivojlantirish barobarida aholiga sifatli xizmatlarni taqdim etish uchun dastavval ularning mavjud muammolarini hal etish muhimdir.
“Humo-Zilola Barhayot” boshqaruv kompaniyasi oʻz hududidagi uy boshqaruvchilariga aholidan kommunal toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlashlarini targʻib qilganliklari, ular orasida tushuntirish ishlarini olib borganliklari uchun majburiy badalga 50 foizli chegirmalar berishni yoʻlga qoʻygan.
Ushbu tashabbusni vazir ham qoʻllab-quvvatladi va mazkur tajribani respublika miqyosida amalga oshirish kerakligini taʼkidlab oʻtdi.
Shuningdek, Sherzod Hidoyatov “Humo-Zilola Barhayot” BSK boshqaruvidagi koʻp qavatli uylarning yertoʻla qismida boʻlib, issiqlik taʼminoti tizimi bilan tanishdi.
Aholi xonadonlarida boʻlib, uylarning
Aholiga yopiq tizimning afzalliklari, xususan, ortiqcha yoʻqotishlarni oldini olish boʻyicha tushunchalar berib oʻtdi. Shuningdek, kommunal sohani takomillashtirish hamda xizmatlar sifatini oshirish boʻyicha aholi fikrlari bilan qiziqdi, takliflarini qabul qildi.
Vazir Sherzod Hidoyatov Navoiy viloyatiga tashrif chogʻida viloyatning eng uzoq hududlarida sayyor qabul oʻtkazishni hamda “Issiqlik manbai” DUK va zaxira suv ombor faoliyati bilan tanishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bollivud yulduzi Mumbaydagi uyida pichoqlab ketildi
- HAMAS va Isroil oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi
- Poykentdan Oʻrta Osiyoda eng qadimiy sanalgan metall qurollar topildi
- Bir xum tilla topib olindi. Ushbu xazinada Gʻarbiy Rim imperiyasi imperatorining suratlari tushirilgan 141 dona oltin tanga bor
- Tilim “Man Siti” deb chiqqan yoxud bitta oʻzbek yigiti qanday qilib Yevropaning eng kuchli jamoalari orasida talash boʻldi (tahliliy maqola)
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring