Vazir bayram kuni bemor xotin-qizlar holidan xabar oldi

23:03 08 Mart 2022 Jamiyat
1369 0

Foto: SSV matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri Behzod Musayev 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanayotgan xotin-qizlar holidan xabar oldi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vazir tashrif davomida bemor ayollar bilan suhbatlashib, ularni bayram bilan samimiy qutladi. Oʻzbekistonda xotin-qizlar salomatligini asrash davlatning alohida eʼtiborida ekanini taʼkidlab, ularga xastalikdan tezroq sogʻayib ketishlarini tiladi va ayollarga vazirlikning bayram sovgʻalarini topshirdi.

“Xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga gʻamxoʻrlik qilish barchamizning burchimiz. Prezidentimiz taʼkidlaganidek, onani, ayolni rozi qilsak, xalq bizdan rozi boʻladi. Shu sababli bu yerda davolanayotgan har bir bemor, ayniqsa, ushbu dardga chalingan opa-singillarimiz biz uchun aziz va qadrli. Ularning xastalikdan tezroq sogʻayishi va oilasi bagʻriga qaytishi uchun barcha choralarni koʻramiz”, — degan sogʻliqni saqlash vaziri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?